Andijon viloyati xalt ta'limi boshqarmasi » Maktabgacha ta'lim muassasalari
  • Ko'rildi: 2580
  • Muallif: admin
  • Sana: 22-10-2015, 10:26
22-10-2015, 10:26

Maktabgacha ta'lim muassasalari

Bo'lim: ---

Maktabgacha ta`lim tushunchasi


Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning soglom va rivojlangan shaxs bolib shakllanishini ta`minlab, oqishga bulgan ishtiyoqini uygotib, tizimli oqitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bolgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi bolalarni maktabdagi oqishga tayorlash, bolani soglom, rivojlangan, mustaqil shaxs bolib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oqishga, tizimli ta`limga bolgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogligini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sogliqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sogligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yongin xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bolgan talablar Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sogligini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi togrisida Nizom bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta`lim tizimi
Maktabgacha talim muassasalari Ozbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bolib, turli yonalishdagi maktabgacha bolgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bolgan bolalarni tarbiyalashni, oqitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va soglomlashtirishni ta`minlaydi.
talim tizimi

Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablaglari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari togrisidagi kerakli ma`lumotlarni Ozbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi togrisida Nizom dan olishinigiz mumkin.
Ozbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yonalishiga kora, quyidagi turlarga bolinadi:
Bolalar yaslisi, bolalar yasli bogchasi, bolalar bogchasi, uydagi bolalar bogchasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
Maktabgacha tarbiya va boshlangich ta`lim mussasasi (bolalar bogchasi-maktab).
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yonalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi ogishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bogchasi.
Tibbiyot gigiena, profilaktika va soglomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va soglomlashtirish bogchasi.
Birlashtirilgan turdagi bolalar bogchasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bogchasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va soglomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan korinishda kiradi).

Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bolish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bolgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bolib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sogliqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablaglari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida oquv-ta`lim va soglomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi toliq ma`lumotlar Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi togrisidagi Nizom da korsatilgan.
Maktabgacha ta`lim muassasalarining asosiy maqsadlari
Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni oz oldiga qoyadi:
Bolalarni maktabda oqishga maqsadli va tizimli tayyorlash;
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;
Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
Bolalarning jismoniy va ruhiy sogligini mustahkamlash.
Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar.
Ozbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirgiz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.
, .
.
^