Andijon viloyati xalt ta'limi boshqarmasi » Barkamol avlod markazlari
  • Ko'rildi: 1389
  • Muallif: admin
  • Sana: 22-10-2015, 10:28
22-10-2015, 10:28

Barkamol avlod markazlari

Bo'lim: ---

Barkamol avlod markazi


Mustaqillik tufayli farzandlarimizning barkamol avlod bolib kamolga yetishlari uchun har tomonlama sharoit yaratilmoqda. Ularni Vatan va millat manfati yolida fidoiylik korsata oladigan qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor masalalaridan biri sifatida qaralmoqda. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 28 fevraldagi 50-sonli Maktabdan tashqari ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida respubikamizdagi barcha tumanlarda Barkamol avlod bolalar markazi tashkil etilganligi fikrimiz dalilidir.
Viloyatimizda ham mazkur qaror asosida 2011 yildan boshlab Barkamol avlod bolalar markazi faoliyat olib bormoqda. Markaz bolalarning extiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning ijodiy va badiiy qobiliyatini rivojlantirish, foydali dam olishini ta'minlash, jonajon olka tarixini organish, mexnatsevarlikni, kasb tayyorgarligining dastlabki oquv va konikmalarini singdirish, oquvchilarning qiziqishlariga kora boshlangich kasb -hunar sirlarini puxta egallashlari va ta'limning keyingi bosqichini togri tanlashlariga komaklashish hamda ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoit yaratish texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, olkashunoslik va ekologiya yonalishlaridagi turli xil togaraklar orqali amalga oshiriladi.
Markazimizda tarbiyaviy ishlar tizimi samaradorligini oshirishning yangicha shakllarini targib qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar markaz pedagog xodimlarini birlashtiruvchi uslubiy kengash orqali olib boriladi. Uslubiy kengash a'zolari togaraklar faoliyatini nazorat qilib boradilar hamda amaliy yordam beradilar.
Yakunlangan oquv yilida oquvchilarning yozgi ta'tilini kongilli otkazishini tashkil etish boyicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Har bir togarak boyicha korgazmalar tashkil etildi.
Markazimizda ta'lim olgan oquvchilarga Maktabdan tashqari ta'lim haqida guvohnomalarni oquv yili yakunida tantanali ravishda topshrish yolga qoyildi.
Markazimizda tashkil etilgan 30 ta togaraklarda 804 nafar bolalar bilan ana shu asosda ish olib borilmoqda. Oquvchilarimiz orasida Vatanimiz tarixi, taqdiri va istiqboli bilan chin dildan qiziqadigan, haqiqiy ijodkor bolgan yoshlarimiz borligi bizni quvontirdi.
Mashhur ajdodlarimizdan biri Abdulla Avloniy ozining Turkiy guliston yoxud axloq asarida Axloqimiz binosining gozal va chiroyli bolishida tarbiyaning zor ta'siri bordir deb bejiz takidlamaganlar. Haqiqatdan ham farzandlarimiz bilan dostlarcha samimiy munosabatda bolsak, ularni ham tinglay olsak, orzu-havas, qiziqish va intilishlariga quloq solsak ularning ziyrak, teran fikrlaydigan, har bir ishga ma'suliyat bilan yondashadigan inson bolib voyaga yetishlariga komaklashgan bolamiz.
Markazimiz tomonidan 1-6 iyul kunlari Barkamol avlod haftaligi otkazildi. Haftalik davomida ota-onalar, yoshlar tumanimizdagi yozgi dam olish oromgoxlarida, maktablardagi togaraklarimiz a'zolarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Haftalik yakuni shaxrimizdagi istiroxat bogida Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil Ozbekiston shiori ostida Biz baxtiyor, barkamol avlod deb nomlangan katta bayram sifatida otkazildi. Tadbirda haftalikning eng faol ishtirokchisi bolgan togarak raxbarlari va oquvchilar taqdirlandi.
2015-2016 oquv yilini boshlash maqsadida shu yil 16-sentyabr kuni markazimiz jamoasi tomonidan Ochiq eshiklar kuni otkazildi. Togarak a'zolarining faoliyati bilan qiziqqan ota-onalar oz farzandlarining mehnati samarasidan qoniqish hosil qildilar.
Prezidentimiz Farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga ozini amalda namoyon etishi uchun maydonni kengaytirish kerak deb ta'kidlaganlar. Maqsadimiz, markazimizni bolalarning kasb-hunarga bolgan qiziqishlarini qollab-quvvatlaydigan va royobga chiqishiga komaklashadigan sevimli maskanga aylantirishdir.
, .
.
^